Toshkent shahrida harakatlanuvchi metro va avtobuslarning bayram kunlari uchun grafigi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat” avtobus saroylari tasarrufidagi avtobus yo‘nalishlarining faoliyati 31-avgust va 1, 2, 3-sentabr kunlari yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.

Metro esa 31-avgust va 1-sentabr kunlarida odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida faoliyat olib boradi. 2 va 3-sentabr kunlari esa dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.

Yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallarda odatiy kundan ko‘ra kamroq avtobus va metro qatnaydi.

Eslatib o‘tamiz, 31-avgust, 1, 2, 3-sentabr kunlari dam olish kunlari etib belgilangan.