Batterflyay usulida suzuvchi Muslima Odilova Paralimpiya o‘yinlari bronza medalini qo‘lga kiritdi.

30-avgust kuni ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu masofada kurash olib borgan o‘zbekistonlik para suzuvchi Muslima Odilova hal qiluvchi bahsda marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va delegatsiya hisobiga ilk medal — bronzani olib keldi.

Final bahsida 26 yoshli sportchi 1:05.43 natijasini qayd etdi. Oltin medal 8 karra Yevropa chempioni, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari chempioni italiyalik Karlotta Jilliga (1:03.27), kumush medal esa amerikalik Greys Nyuferga nasib qildi.

Bu Muslima Odilova uchun faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya o‘yinlari medali hisoblanadi. Para suzuvchi bundan avval Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham shohsupaga ko‘tarilgan va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritgan.

muslima odilova, paralimpiya o‘yinlari-2024, suzish

O‘zbekistonlik suzuvchilar Muzaffar Tursunxo‘jayev S13 toifasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha yakuniy bahsda beshinchi va Kirill Pankov esa oltinchi o‘rinni egalladi.