Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi (1, 2, 3). 30-avgust kuni Ko‘ksaroyda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev barchani Mustaqillik bayrami bilan yig‘ilganlarni davlatning yuksak mukofotlari bilan tabrikladi.

“Biz nima uchun mehnat qilyapmiz? Xalqimiz tinch va farovon yashashi uchun, farzandlarimizning baxtu kamoli uchun. Inson qadri degan harakatni boshlaganmiz. Bu harakatni, katta-katta maqsadlarimizni joylarda kim amalga oshiradi? Sizlarga o‘xshagan fidoyi, vatanparvar, kuchli insonlar! Sizlar — qahramonsizlar, yoshlarimizga namunasizlar. Men sizlar bilan g‘ururlanaman va xalqimiz nomidan rahmat aytaman”, — dedi prezident.

O‘zbekiston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir nechta rezolyutsiyalari qabul qilingani qayd etildi. Yirik siyosiy va iqtisodiy forumlarda ilgari surilgan ko‘plab tashabbuslar xalqaro jamoatchilik tomonidan katta e’tibor bilan qabul qilindi va qo‘llab-quvvatlangani aytildi.

Uzoq va yaqin davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, turizm va investitsiya, madaniy-gumanitar sohalarda foydali bitimlar imzolandi. O‘zbekistonda xalqaro darajadagi nufuzli anjumanlar bo‘lib o‘tdi. San’at va madaniyat festivallari, Olimpiya o‘yinlaridagi tarixiy g‘alaba ham ulkan e’tiroflarga sazovor bo‘ldi.

Davlat rahbari bularning barchasi o‘zbek xalqining yutug‘i ekanini ta’kidladi.

“Mehnatkash, fidoyi yurtdoshlarimizni men o‘zimning eng yaqin qadrdonlarim, sadoqatli safdoshlarim deb bilaman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Bugun Vatanimizga jonkuyar, o‘zini el-yurt taqdiriga daxldor deb biladigan insonlar yanada ko‘proq kerak. Boshqalarni, ayniqsa, yoshlarimizni ortidan ergashtira oladigan, ertangi kunga ishontiradigan, jamiyatni birlashtiradigan odamlar kerak. Chunki el ishonchi, xalq birligi va ahilligi ko‘zlagan marralarimizga erishishda hal qiluvchi ahamiyatga ega”.

Uchrashuvda bugun dunyodagi vaziyat, unda oqilona yo‘l topish mashaqqati haqida ham so‘z yuritildi. Shiddat bilan o‘zgarayotgan davr mamlakatlar, xalqlar, insonlar oldiga yangi-yangi masalalarni qo‘ymoqda. Butun dunyoda raqobat, ertangi kun uchun kurash ketyapti. Shunga tayyor millat, shunga tayyor xalqgina Vatani va davlatini munosib o‘ringa ko‘tara oladi.

“Bugungi yutuqlar biz uchun chegara emas. Xalqimiz bundanda yaxshi yashashga munosib, katta ishlarga qodir. Agar hammamiz „bir musht“ bo‘lib, o‘z vazifamizni vijdonan bajarsak, islohotlarda tomoshabin emas, faol ishtirokchi bo‘lsak, ko‘zlangan maqsadlarga albatta yetamiz. Buning uchun bizda sharoit, imkoniyat, kuch-qudrat, salohiyat yetarli ekani ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.

Prezident joylarda davlat mukofotlarini qabul qilib olayotgan vatandoshlarni ham tabrikladi.

“Mukofot aslida nima? Mukofot — bu avvalo inson qadrini ulug‘lash degani. Odamning mehnati qadr topsa, davlat va jamiyat tomonidan e’tirof etilsa, bundan uning o‘zi, oilasi, do‘stlari, mahalla-ko‘y, qolaversa, el-yurt ham xursand bo‘ladi. Bizning maqsadimiz ham shu: halol va samarali ishlayotgan odamlarni qadrlash, izzat-ikrom ko‘rsatish”, — dedi davlat rahbari.

Shundan so‘ng, mukofotlanganlarga faxriy unvon, orden va medallar tantanali ravishda topshirildi.

“Yaxshi ishlagan odam qadr topadi. Bugun halol mehnat, fidoyilik va vatanparvarlik yana bir marta qadr topayotgan kun. Bugungi yuksak unvonlar, orden va medallar sizlarni yangi zafarlarga chorlasin. Yurtimizda bunday insonlar qancha ko‘p bo‘lsa, men ham mukofotlashdan charchamayman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mukofotlanganlar yuksak e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, xalqimizga ezgu tilaklar bildirdi.

Foto

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев


медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев

медаль, orden, unvon, шавкат мирзиёев