Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ikkinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 19 nafar a’zosi sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Hozircha mamlakat hisobida 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bor, bu natija bilan O‘zbekiston 18-o‘rinda bormoqda.

Para akademik eshkak eshish

12:30. Muhayyo Abdusattorova (PR1)

Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz” Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”

2005-yil 10-avgustda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musoboqalarda PR1W1X klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2024-yil Shveysariyaning Lyutsern shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon litsenzion turnirida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Otabek Abduvaliyev.

“Gazeta.uz” avvalroq “Iroda” loyihasi doirasida sportchiga bag‘ishlangan “Oq qayiqda — maqsad sari” nomli hikoyani e’lon qilgandi.

Para yengil atletika

13:00. Nataliya Semyonova (disk uloqtirish)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1981-yil 27-dekabrda tug‘ilgan. 2016-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F55 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari kumush medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Nuriddin Ro‘zmatov.

Nurxon Qurbonova (disk uloqtirish)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1994-yil 12-avgustda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F54 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin, Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida nayza uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi. Murabbiyi — Yaxyo Yakubov.

13:31. Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1999-yil 3-iyulda tug‘ilgan. 2017-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda T11 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin, Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida uzunlikka sakrash bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi. Murabbiyi — Sardor Xudayberganov.

13:39. Kubaro Hakimova (yadro uloqtirish)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

2002-yil 31-yanvarda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F41 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Sardor Abduxoliqov.

Madina Muxtorova (yadro uloqtirish)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

2006-yil 1-noyabrda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F40 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari bronza medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Xurshidjon Boymatov.

14:22. Asila Mirzayorova (400 m yugurish, u birdan ortiq sport turi bo‘yicha qatnashmoqda)

21:00. Mahliyo Akramova (klab uloqtirish)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

2005-yil 8 cyentyabrda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F32 klassida ishtirok etadi. “Italian Open 2022” xalqaro Gran-pri turniri g‘olibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Muhammad Maxsudov.

22:08. Urganchbek Egamnazarov (uzunlikka sakrash)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

2000-yil 21-aprelda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda T11 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida uzunlikka sakrash bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Behruz Teshayev.

23:52. Tolibboy Yo‘ldashev (yadro uloqtirish)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

2003-yil 4-sentabrda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F37 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida kumush hamda 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Ibrohim Yusupov.

Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev (yadro uloqtirish)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1999-yil 21-dekabrda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F37 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Mavlonbek Xaydarov.

Para o‘q otish

14:15. Server Ibragimov (10 m to‘pponchadan otish)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1978-yil 28-noyabrda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda Sh-1 klassida ishtirok etadi. Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan. 2022-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida 10 m va 50 m masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi — Nataliya Yefimova.

Para velosport

14:30 Azimbek Abdullayev (1000 m trek)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1996-yil 21-fevralda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi. Musobaqalarda C5 klassida ishtirok etadi. Hanjchou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Butunjahon UCI tashkilotining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra C5 dasturi bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Renata Boymetova.

G‘olibbek Mirzayorov (3000 m trek)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1999-yil 18-dekabrda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi. Musobaqalarda C2 klassida ishtirok etadi. Hanjchou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan. Butunjahon UCI tashkilotining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Dilmurod Siddiqov.

Para taekvondo

13:45 Zuhriddin Tohirov (-63 kg)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

2002-yil 17-iyunda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Fransiyada bo‘lib o‘tgan ochiq chempionatda kumush medalni qo‘lga kiritgan. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra -63 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Timur Sobirov.

16:19 Javohir Aliqulov (-70 kg)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1997-yil 3-sentabrda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Meksikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra -70 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Timur Sobirov.

Para suzish

14:02 Muzaffar Tursunxo‘jayev (100 m chalqancha)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1998-yil 16-yanvarda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza, Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi — Nodirbek Abdullayev.

Kirill Pankov (100 m chalqancha)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1995-yil 26-aprelda tug‘ilgan. 2012-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Incheon-2014, Jakarta-2018 hamda Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi. Murabbiyi — Sergey Xorlin.

Islam Aslanov (100 m chalqancha)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1995-yil 26-aprelda tug‘ilgan. 2015-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2023-yil Londonda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 50 m va 100 m masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi — Sergey Xorlin.

22:51 Shoxsanamxon Toshpo‘latova (100 m chalqancha)

paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1997-yil 4-mayda tug‘ilgan. 2016-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Jahon chempioni, Rio-2016 hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza, Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” va “Kelajak bunyodkori” medali sohibi. Murabbiyi — Sergey Xorlin.