Samarqand shahrida 26−30-avgust kunlari YUNESKO shafeligida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf mazkur festivalning yopilish marosimidan fotoreportaj tayyorladi.

1997-yildan buyon Registon maydonida o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy musiqa tadbirida joriy yil dunyoning 80 ga yaqin mamlakatidan 300 nafardan ziyod vakil ishtirok etdi.

27−28-avgust kunlari “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Unda 32 ta davlatdan 50 dan ortiq soha mutaxassisi: musiqashunos, folklorshunos, madaniyatshunos olimlar, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va xalqaro ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari qatnashdi.

Konferensiya doirasida Turkiy davlatlar: Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, O‘zbekistondagi san’at oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi hamda TURKSOY qoshidagi “Turkiy davlatlar san’at universitetlari ittifoqi” rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Shuningdek, 27−28-avgust kunlari soat 19:00 da 27 ta davlatdan kelgan 50 ga yaqin (guruh va xonandalar) festival ishtirokchilari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazilib, ularning chiqishlari xalqaro hay’at tomonidan baholab borildi. Qo‘shiqlarning milliyligi, she’rlarning ohang bilan mutanosibligi va mazmundorligi, qatnashchining ijro saviyasi, kiyinish madaniyati va sahna harakati tanlovning asosiy mezonlari hisoblandi.

Tanlov nizomiga ko‘ra, g‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

  • “Gran-pri” — 10 000 dollar;
  • I o‘rin — 5000 dollar;
  • II o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 2×3500 — 7000 dollar;
  • III o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 3×2000 — 6000 dollar.

Festival Gran-prisi Ozarbayjonning “Semurg” musiqa guruhiga nasib etdi.

самарқанд, шарқ taronalari festivali

Birinchi o‘rinni “Turkmaniston musiqiy milliy” jamoasi qo‘lga kiritdi.

самарқанд, шарқ taronalari festivali

Ikkinchi o‘ringa Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari munosib deb topildi.

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

Uchinchi o‘rinni Mo‘g‘uliston, Yaponiya va Rossiya vakillari qo‘lga kiritdi.

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

Shuningdek, tashkilotchi, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlarning mustaqil hay’at a’zolari hamda muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan qatnashchilar “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholg‘u musiqasi ijrochisi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha maxsus diplom hamda 500 dollar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Tanlovda qatnashgan, ammo sovrindor bo‘lmagan ishtirokchilarga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali faol ishtirokchisi sertifikati berildi.

Foto

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali

самарқанд, шарқ taronalari festivali