Navoiy viloyati Konimex tumanida Yurt Camp Sputnik Navoi o‘tovli oromgohi ochildi, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati.

Oromgoh cho‘l hududidagi 2 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, 150 o‘ringa mo‘ljallangan 30 ta o‘tovga ega. U bir vaqtning o‘zida 500 nafargacha sayyohga xizmat ko‘rsatadi. Yurt Camp Sputnik Navoi O‘zbekistondagi ilk safari turizm klasteriga aylandi, deyiladi xabarda.

“Tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash va ularga qulay sharoit yaratish uchun sifatdi asbob-uskunalar, jihozlar keltirilgan”, — deyiladi xabarda.

Navoiy viloyati o‘tovli oromgoh hamda safari turizm obyektlari kattaligi va soni jihatdan O‘zbekistonda birinchi o‘rinda turadi. Hududda bugunga qadar jami 855 o‘ringa ega 7 ta o‘tov lagerlar faoliyat yuritib kelmoqda.