9-sentabrdan Toshkent shahridagi metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi, deya xabar qildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy ta’lim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, 2024-yil 9-sentabrdan yuqoridagi 27 ta oliy ta’lim maskani talabalari ushbu grafik asosida darslarga qatnashadi. Darslarning eng vaqtli boshlanishi 8:00 ga to‘g‘ri kelsa, eng kechi 9:30 etib belgilangan.

Grafik

grafik, dars, metro, университет