30-avgust kuni Parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova Parij Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga ega chiqdi.

U K44 gurhining 47 kg vazn toifasida ishtirok etdi (bunga bir qo‘li amputatsiya qilingan yoki qo‘l funksiyasini yo‘qotgan sportchilar kiradi, xuddi shu toifaga oyoq barmoqlari bo‘lmagan sportchilar ham kiradi).

2023-yilgi jahon chempioni chorak finalda qochqinlar jamoasi a’zosi afg‘onistonlik Zakiya Xudadodiyni 4:3 hisobida mag‘lub etdi.

Yarim finalda Ziyodaxon Isoqova tailandlik sportchi Hvansuda Puangkichni ortda qoldirdi — 5:3.

Finalda unga Perulik amaldagi Paralimpiya chempioni Anjelika Espinosa raqiblik qildi va unga 10:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Jang videosi

Isoqova O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga ikkinchi medalni keltirdi. Birinchi bronza medalni parasuzuvchi Muslima Odilova qo‘lga kiritdi. Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston 17-o‘rinni egallab turibdi.