Shavkat Mirziyoyev Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida terma jamoaning ilk oltin medallarini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilar Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Prezident matbuot xizmati suhbat aks etgan videolavhani e’lon qildi.

“Va’dangizga vafodor bo‘lib, qilgan hamma harakatlaringiz terma jamoamizga birinchi oltin medalni olib kelgani bilan chin qalbimdan o‘zimning nomimdan, xalqimning nomidan tabriklayman. Bu mashaqqatli mehnatingiz, qizim, Jahon chempionatida tilla olganingizda menda juda katta ishonch paydo bo‘lgan edi va bu umidlarimni oqlaganingiz uchun katta rahmat”, — davlat rahbari Asila Mirzayorova bilan suhbatda.

асила мирзаёроva, prezident, шавкат мирзиёев, қuдратиллохон маърuфхўжаев, паралимпиада 2024, паралимпия ўйинлари

“Butun xalqimizning kayfiyatini, jonajon vatanimiz, millat obro‘sini, vatan g‘ururini ko‘tarib chiqqaningiz biz uchun katta yutuq. Sevimli qizlarim nimaga qodir ekanini dunyoga namoyish etdingiz”, — deb ta’kidladi prezident.

Shavkat Mirziyoyev shundan so‘ng sportchining Parijga birga borgan otasi Ubaydulla aka bilan ham suhbatlashdi va minnatdorlik bildirdi.

асила мирзаёроva, prezident, шавкат мирзиёев, қuдратиллохон маърuфхўжаев, паралимпиада 2024, паралимпия ўйинлари

Prezident, shuningdek, Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan gaplasharkan, unga “yarim tunda oltin medal olib kelgani uchun” rahmat aytdi.

“Tunislik tajribali raqibing (Ben Moslah Ahmed — tahr.) bilan juda murosasiz kechgan bahsda irodali g‘alaba qozonganing, eng oxirgi urinishingdan keyin oltin medalni naqd qildi deb, xalqimizga quvonch, baxt keltirganing uchun sendan minnatdorman”, — dedi u.

асила мирзаёроva, prezident, шавкат мирзиёев, қuдратиллохон маърuфхўжаев, паралимпиада 2024, паралимпия ўйинлари

Ma’rufxo‘jayev bunga javoban prezident Olimpiada g‘oliblari bilan telefon orqali gaplashganida ularga havas qilgani va o‘zi ham g‘olib bo‘lishni diliga tugib qo‘yganini aytdi.

Prezident har ikki sportchiga va mamlakat jamoasiga omad tiladi.