Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi, unda Elbek Sultonov chempion bo‘ldi.

Sultonov 16.45 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Ushbu natija sportchi faoliyatidagi shaxsiy rekordi hisoblanadi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar ukrainalik sportchilarga nasib etdi.

элбек султонов

Elbek Sultonov 1995-yil 31-dekabrda tug‘ilgan. 2016-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F12 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza, Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida kumush hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi — Sardor Abduxoliqov.

3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan O‘zbekiston jadvalda 7-o‘rinda bormoqda.

элбек султонов