Mohigul Hamdamova F57 klassida disk uloqtirish (o‘tirgan holda uloqtirish) bo‘yicha bronza medali sohibiga aylandi. Uning eng yaxshi natijasi 32,75 metrni tashkil etdi. Eslatib o‘tamiz, u nayza uloqtirish bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya chempioni hisoblanadi.

mоҳигuл ҳаmдаmоva, паралиmпиада 2024, паралиmпия ўйинлари, париж 2024

Uning xitoylik raqibi Ksu Mian 6 sm yaxshiroq natija ko‘rsatdi: 32,81 metr va kumush medal.

2012 va 2016-yillarda ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lgan jazoirlik Nassima Saifi 35,55 metr natija bilan Paralimpiya rekordini (33,33 m) yangilab, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u 35,76 metr masofa bilan jahon rekordchisi hisoblanadi.

O‘zbekiston 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan medallar jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

mоҳигuл ҳаmдаmоva, паралиmпиада 2024, паралиmпия ўйинлари, париж 2024