Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 14 nafar a’zosi ishtirok etadi.

Para akademik eshkak eshish

12:30. Muhayyo Abdusattorova. U kecha saralashda 11 daqiqa 22.19 soniya natija bilan marraga 5-bo‘lib yetib kelgandi. Bugungi bahs esa o‘tish turniri hisoblanadi.

Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”

2005-yil 10-avgustda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musoboqalarda PR1W1X klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2024-yil Shveysariyaning Lyutsern shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon litsenzion turnirida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Otabek Abduvaliyev.

“Gazeta.uz” avvalroq “Iroda” loyihasi doirasida sportchiga bag‘ishlangan “Oq qayiqda — maqsad sari” nomli hikoyani e’lon qilgandi.

Para yengil atletika

13:04. Elbek Sultonov (yadro uloqtirish)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1995-yil 31-dekabrda tug‘ilgan. 2016-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F12 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza, Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida kumush hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi — Sardor Abduxoliqov.

13:09. Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish). U O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori hisoblanadi.

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1995-yil 2-oktabrda tug‘ilgan. 2017-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F56/57 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush, Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida disk uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi. Murabbiyi — Mavlonbek Xaydarov.

Para velosport

13:19. G‘olibbek Mirzayorov (3000 m vaqt poygasi). U kechagi saralash bosqichida 6-o‘rinni egallagan.

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1999-yil 18-dekabrda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi. Musobaqalarda C2 klassida ishtirok etadi. Hanjchou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan. Butunjahon UCI tashkilotining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Dilmurod Siddiqov.

Para suzish

13:23. Firdavsbek Musabekov (400 m erkin)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1997-yil 11-fevralda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari hamda Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati hamda Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari kumush medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi. Murabbiyi — Nodirbek Abdullayev.

Dmitriy Xorlin (400 m erkin)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1997-yil 5-dekabrda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Incheon-2014, Jakarta-2018 hamda Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati va Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi — Sergey Xorlin.

13:30. Muzaffar Tursunxo‘jayev (400 m erkin)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1998-yil 16-yanvarda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza, Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi — Nodirbek Abdullayev.

13:37. Shoxsanamxon Toshpo‘latova (400 m erkin)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1997-yil 4-mayda tug‘ilgan. 2016-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Jahon chempioni, Rio-2016 hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza, Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” va “Kelajak bunyodkori” medali sohibi. Murabbiyi — Sergey Xorlin.

Para velosport

14:58. Azimbek Abdullayev (4000 m yakkalik pursuit). U kecha velosportning trek yo‘nalishida 1000 metr masofaga vaqt poygalarida qatnashdi va saralash bosqichida 21-o‘rinni egalladi.

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1996-yil 21-fevralda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi. Musobaqalarda C5 klassida ishtirok etadi. Hanjchou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Butunjahon UCI tashkilotining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra C5 dasturi bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Renata Boymetova.

Para o‘q otish

15:00. Shaxnoza Mamajonova (10 m to‘pponchadan otish)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

U 1998-yil 4-mayda tug‘ilgan. 2023-yildan buyon para o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda Sh-1A klassida ishtirok etadi. 2022-yil Peruda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 10 m masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha, 2023-yi BAAda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida 50 m masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Nataliya Yefimova.

Para yengil atletika

15:26. Urganchbek Egamnazarov (400 m yugurish)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

2000-yil 21-aprelda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda T11 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida uzunlikka sakrash bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Behruz Teshayev.

Para taekvondo

15:43. Guljanoy Naimova (+65 kg)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

2001-yil 1-yanvarda tug‘ilgan. 2017-yildan buyon para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi. 2021-yil Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra +60 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi. Murabbiyi — Bobur Qo‘ziyev.

17:11. Asad Toshtemirov (-80 kg)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

U 2002-yil 16-fevralda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Meksikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra +80 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Bobur Qo‘ziyev.

Para yengil atletika

22:08. Yorqin Odilov (nayza uloqtirish)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

U 2000-yil 28-iyunda tug‘ilgan. 2017-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F57 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida kumush va 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida nayza uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Shuhrat” medali sohibi. Murabbiyi — Yaxyo Yakubov.