O‘zbekiston terma jamoasi vakili Guljanoy Naimova Paralimpiya o‘yinlarida taekvondo bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.

emi trusdeyl, guljanoy naimova, paralimpiada-2024, parataekvondo

K44 klassida (bir qo‘li amputatsiya qilingan yoki qo‘l funksiyasini yo‘qotgan sportchilarni o‘z ichiga oladi) 65 kg dan yuqori vazn toifasida amaldagi, 2020-yilgi Paralimpiya chempioni avvaliga gretsiyalik Eleni Papastamatopuluni (12:5), so‘ngra braziliyalik Debora Menezesni (9:3) mag‘lubiyatga uchratdi.

emi trusdeyl, guljanoy naimova, paralimpiada-2024, parataekvondo

Finalda 23 yoshli o‘zbekistonlik 35 yoshli Yevropa chempioni, Tokio-2020 bronza medali sovrindori britaniyalik Emi Trusdeyl bilan to‘qnash keldi. Naimovaning murabbiylar shtabi unga himoya kapasi taqishni unutib qo‘ydi, shu bois unga jang boshlanishidan oldin jarima balli belgilandi.

Britaniyalik qarshi hujumlarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi va finalning kulminatsion nuqtasiga qadar 8 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi — o‘yin tugashiga deyarli bir daqiqa qolganida u Guljana Naimovaning yuziga zarba berdi, bu parataekvondo qoidalarida taqiqlangan.

Shifokorlar uni bir necha daqiqa tekshiruvdan o‘tkazdi va shundan so‘ng Guljanoy Naimova jangni davom ettirmasligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, mutaxassislardan biri bu sportchining qarori ekanini aytdi va qo‘llarini ko‘tardi. Paraatletka zambilda olib ketildi.

emi trusdeyl, guljanoy naimova, paralimpiada-2024, parataekvondo

Zarba takrorini ko‘rgandan so‘ng, hakam britaniyalik zarbani beixtiyor bergan, deb hisobladi, shuning uchun u diskvalifikatsiya emas, balki faqat ogohlantirish oldi. Yakuniy hisob — 8:2 Buyuk Britaniya vakili foydasiga.

Keyinroq O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi rais Muxtorjon Toshxo‘jayev va Naimova ishtirokidagi videoni e’lon qildi. Paraatletka jag‘ini ushlab, u bilan hammasi yaxshi ekanini aytdi, lekin yakunda erishilmagan oltin medal tufayli ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

Bu Naimovaning faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya medali, shuningdek, O‘zbekiston jamg‘armasidagi o‘sha vaqtdagi 10-medal bo‘ldi. Milliy terma jamoa xabar e’lon qilingan vaqtda 5 oltin, 3 kumush va 3 bronza medali bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.