Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi ishtirok etadi.

Para akademik eshkak eshish

12:30. Muhayyo Abdusattorova. Sportchimiz 31-avgust kuni o‘tish turnirida 2000 metr masofani 11:25.27 vaqtda bosib o‘tib, filanga yo‘l olgan edi. U bugun finalda bahslashadi.

Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”

Muhayyo 2005-yil 10-avgustda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musoboqalarda PR1W1X klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2024-yil Shveysariyaning Lyutsern shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon litsenzion turnirida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Otabek Abduvaliyev.

“Gazeta.uz” avvalroq “Iroda” loyihasi doirasida sportchiga bag‘ishlangan “Oq qayiqda — maqsad sari” nomli hikoyani e’lon qilgandi.

Para yengil atletika

13:00. Yoqutxon Xolbekova. (Uzunlikka sakrash)

paraлимпиада 2024, тақвим

Yoqutxon 1995-yil 6-aprelda tug‘ilgan. 2012-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda T12 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza va 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida uzunlikka sakrash bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibi. Murabbiyi — Dilnoza Xolbekova.

14:57. Doniyor Axmedov. (100 metrga yugurish).

paraлимпиада 2024, тақвим

U 1994-yil 29-noyabrda tug‘ilgan. 2017-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda T13 klassida ishtirok etadi. Jakarta-2018 va Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Galina Kazakova.