O‘zbekiston terma jamoasi vakili Asadbek Toshtemirov Paralimpiya o‘yinlarida tayekvondo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.

K44 toifasida (bir qo‘li amputatsiya qilingan yoki qo‘l funksiyasini yo‘qotgan sportchilarni o‘z ichiga oladi) 80 kilogrammgacha vazn sinfida o‘zbekistonlik sportchi dastlab kosta-rikalik Andres Molinani 22:5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, yarim finalda eronlik Alirizo Baxt ustidan g‘alaba qozondi (18:12).

Finalda Asadbek Toshtemirov meksikalik Luis Naxerani mag‘lub etdi (38:17) va Paralimpiya chempioni bo‘ldi (video).

Toshtemirov 2023-yilgi jahon chempioni, 2022-yilgi Paraosiyo o‘yinlari bronza medali sovrindori hisoblanadi.

Asadbek Toshtemirov murabbiyi Bobur Qo‘ziyev bilan.Asadbek Toshtemirov murabbiyi Bobur Qo‘ziyev bilan.

Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston medallar reytingida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza bilan 7-o‘rinda bormoqda.