Open budget portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 2 trln 139 mlrd so‘mlik 1772 ta loyiha g‘olib deb topildi. Jarayonlarda mamlakatimiz bo‘ylab 9 mln 81 ming 610 ta ovoz berildi.

G‘oliblar allaqachon g‘alabani nishonlashni boshlab yuborishgan.

Eslatib o‘tamiz, mavsumga 6-iyuldan start berilgandi. Loyihalar kiritish 6−26-iyul kunlari, ularni saralash 26-iyul-15-avgust hamda targ‘ibot qilish 15-avgust-22-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan. Ovoz berish bosqichi esa 31-avgust kuni yakunlandi.

Mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln 271 mlrd 719 mln so‘m ajratildi.