O‘zbekiston vakili Yorqinbek Odilov Parij-2024 Paralimpiadasi oltin medalini qo‘lga kiritdi.

ёрқинбек одилов, para yengil atletika, paraлимпиада-2024

1-sentabr kuni para yengil atletikachi erkaklar o‘rtasida F57 klassida (bunga o‘tirgan joyda dala musobaqalarida qatnashadigan, orqa miya yoki amputatsiya jarohati bor sportchilar kiradi) nayza uloqtirish bahslari yakunlandi.

ёрқинбек одилов, para yengil atletika, paraлимпиада-2024

Yorqinbek Odilov 50.32 metr natija qayd etib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

ёрқинбек одилов, para yengil atletika, paraлимпиада-2024

Sportchi, shuningdek, Para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati va Osiyo o‘yinlarida kumush medalni ham qo‘lga kiritgan.

ёрқинбек одилов, para yengil atletika, paraлимпиада-2024

Milliy terma jamoa xabar e’lon qilingan vaqtda 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Video