Bobur Omonov yadro uloqtirish dasturida 14,32 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U shu tariqa ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni nomiga ega chiqdi.

Omonov shbu natijasi orqali o‘zi tomonidan 2021-yil Tokioda o‘rnatilgan Paralimpiya o‘yinlari rekordi (14,06 metr)ni ham yangiladi. Omonov Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Bu O‘zbekiston uchun 6-oltin medal bo‘ldi.