Vengriya poytaxti Budapeshtning eng diqqatga sazovor me’moriy inshootlaridan biri — Baliqchilar qal’asi 31-avgustdan 1-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi.

Aksiya ilk bor O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi tomonidan OTP Bank ko‘magida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etildi, deya xabar berdi elchixona.

балиқчилар qal’asi, buдапешт, венгрия, мустақиллик куни

Buda tepaligi tarixiy tumanida joylashgan Baliqchilar qal’asi ko‘hna shaharning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri. Yil davomida butun dunyodan minglab sayyohlarni jalb qilib turadigan, YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bu bino Vengriyaning boy tarixi timsolidir.

балиқчилар qal’asi, buдапешт, венгрия, мустақиллик куни

Tadbir ko‘p sonli Budapesht aholisi va mehmonlarining e’tiborini tortdi. Yo‘lovchilar Baliqchilar qal’asining g‘ayrioddiy yorug‘ligini suratga va videoga olish uchun to‘xtadi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston elchixonasi.

Video