2-sentabr kuni davlat tashkilotlari vakillari, Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimovni yod etish uchun yig‘ildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev u yerga tashrif buyurib, birinchi prezidentning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

“Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. O‘zbekiston yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladik”, — dedi u Islom Karimovning “mustaqillikni e’lon qilgan va uni taraqqiyot yo‘liga olib chiqqan yetakchi” ekanini ta’kidlab.

Birinchi prezidentimiz tarixning tub burilish pallasida, og‘ir davrda mamlakatimizga rahbarlik qilgan edi, deb qo‘shimcha qildi u.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi. Marosimda Oliy Majlis, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham birinchi prezident haykaliga gul qo‘ydi. Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.

Foto

Toshkent

birinchi prezident, ислом каримов, шавкат мирзиёев

Qarshi

birinchi prezident, ислом каримов, шавкат мирзиёев

birinchi prezident, ислом каримов, шавкат мирзиёев