Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Doniyor Saliyev 7.16 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

дониёр салиев, нурхон қурбоноva, паралимпиада 2024, паралимпия ўйинлари, uzunlikka sakrash, ядро uloqtirish

Saliyev bundan avval Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Nurxon Qurbonova esa Paralimpiya o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Endi uning hisobida Paralimpiya o‘yinlarining 3 ta medali bor.

дониёр салиев, нурхон қурбоноva, паралимпиада 2024, паралимпия ўйинлари, uzunlikka sakrash, ядро uloqtirish

Yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslarida qatnashgan Qurbonova 7.75 metr natija qayd etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Sportchi ushbu natija orqali mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etdi.

Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Shunday qilib, O‘zbekiston 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan jadvalning 8-pog‘onasida bormoqda.

дониёр салиев, нурхон қурбоноva, паралимпиада 2024, паралимпия ўйинлари, uzunlikka sakrash, ядро uloqtirish