3-sentabr, seshanba kuni Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 6-kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 6 nafar a’zosi ishtirok etadi.

Para yengil atletika

13:05. Nataliya Semyonova (nayza uloqtirish)

paraлимпиада-2024, taқвим

U 1981-yil 27-dekabrda tug‘ilgan. 2016-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda F55 klassida ishtirok etadi. Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari kumush medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi Nuriddin Ro‘zmatov.

Nataliya Semyonova 2-sentabr kuni saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Ayollar o‘rtasida F56 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan sportchi saralash bosqichida 17.00 metr natija ko‘rsatib, hal qiluvchi final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Para suzish

14:04. Firdavsbek Musabekov (200 metr kompleks)

paraлимпиада-2024, taқвим

U 1997-yil 11-fevralda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari hamda Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati hamda Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari kumush medal sohibi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekiston iftihori” faxriy unvoni sohibi. Murabbiyi Nodirbek Abdullayev.

14:04. Muzaffar Tursunxo‘jayev (200 metr kompleks)

paraлимпиада-2024, taқвим

U 1998-yil 16-yanvarda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza, Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi Nodirbek Abdullayev.

2 cyentyabr kuni 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida startga chiqqan Muzaffar Tursunxo‘jayev saralash bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazib, hal qiluvchi finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Biroq u 6-o‘rinda yetib keldi. Unga 400 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha final nasib etmagan.

14:10. Dmitriy Xorlin (200 metr kompleks)

paraлимпиада-2024, taқвим

U 1997-yil 5-dekabrda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Incheon-2014, Jakarta-2018 hamda Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati va Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi Sergey Xorlin.

Dmitriy Xorlin 31-avgust kuni 400 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan saralash bahslarda ishtirok etgan, lekin finalga chiqa olmagandi.

14:20. Shoxsanam Toshpo‘latova (200 metr kompleks)

paraлимпиада-2024, taқвим

U 1997-yil 4-mayda tug‘ilgan. 2016-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Jahon chempioni, Rio-2016 hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza, Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” va “Kelajak bunyodkori” medali sohibi. Murabbiyi Sergey Xorlin.

50 metrga erkin usulda suzish bahslarida startga chiqqan para suzuvchi saralash bosqichidan o‘ta olmagan. 400 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha finalda esa 4 daqiqa 49.91 soniya natija bilan 7-o‘rinni egallagan.

Para yengil atletika

15:04. Izzat Turg‘unov (400 metr yugurish).

paraлимпиада-2024, taқвим

U 1995-yil 7-oktabrda tug‘ilgan. 2016-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda T36 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida kumush, 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida uzunlikka sakrash bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Shuhrat” medali sohibi. Murabbiyi Sardor Abduxoliqov.

Izzat Turg‘unov 2-sentabr kuni uzunlikka sakrash bahslarida 5.58 metr natija qayd etib, 8-o‘rinni band etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 3-sentabr holatiga ko‘ra, medallar hisobi bo‘yicha 9-o‘rinni egallab turibdi. Jamoada 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza bor.