31-avgust kuni taniqli rassom, san’at arbobi, Badiiy akademiya a’zosi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi Vladimir Ivanovich Burmakin 87 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda akademiya matbuot xizmati.

Vladimir Burmakin 1938-yilda Yekaterinburgda tug‘ilgan, o‘sha yili uning oilasi Toshkentga ko‘chib kelgan. Maktabdan so‘ng Pavel Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida o‘qigan.

So‘ngra Samarqandda ikki maktabda tasviriy san’at va chizmachilik o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan, Toshkentdagi Ofitserlar uyida bosh rassom bo‘lgan. Keyinchalik Toshkent teatr va rassomlik institutiga o‘qishga kirgan.

2024-yilda vafot этганлар, владимир бuрмакин, некролог

Vladimir Burmakin jahon tasviriy san’ati tarixiga kirgan ko‘plab asarlar muallifi hisoblanadi. Moskva, Germaniya, shuningdek, uch marta Parijda namoyish etilgan “Boysun Madonnasi” asari shular jumlasidandir.

Foto: mosaic.tashkent.uz.Foto: mosaic.tashkent.uz.

1970-yillarning o‘rtalarida Vladimir Burmakin “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi, “Paxtakor” metrosi bekati, “Mehnat zahiralari” sport kompleksi hamda “Zarafshon” restoranining yuz qismi uchun pannolar yaratgan. Shuningdek, u Toshkent aeroporti, sobiq Senat binosining ichki zali va boshqa mozaikalar muallifi hamdir.

Yaqin vaqtgacha Vladimir Burmakin milliy va shaxsiy ko‘rgazmalarning faol ishtirokchisi bo‘lgan. Uning asarlari Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh, Germaniya, Bolgariya, Turkiya, Polsha va boshqa mamlakatlarning muzey va galereyalarida bir necha bor namoyish etilgan.