4-sentabr, chorshanba kuni Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7-kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 10 nafar a’zosi ishtirok etadi.

Para velosport

11:27. G‘olibbek Mirzayorov (shosse, vaqt poygasi)

paraлиmпиада-2024, taқвиm

U 1999-yil 18-dekabrda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda C2 klassda ishtirok etadi. Xanjchou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan. Butunjahon UCI tashkilotining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi Dilmurod Siddiqov.

G‘olibbek Mirzayorov Paralimpiya o‘yinlarida birinchi marta ishtirok etmoqda. 30-avgust kuni u para velosportning trek yo‘nalishida erkaklar o‘rtasida C2 klassida 3000 metr masofaga yakkalik pursuit bahslarini o‘tkazgan va 6-o‘rinni egallagan.

Para o‘qotish

12:30. Server Ibragimov (50 metr to‘pponchadan otish)

paraлиmпиада-2024, taқвиm

U 1978-yil 28-noyabrda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda Sh-1 klassida ishtirok etadi. Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan. 2022-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida 10 m va 50 m masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi Nataliya Yefimova.

U 30-avgust kuni 10 metr masoafaga to‘pponchadan otish bo‘yicha finalda qatnashib, 132.1 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinni egallagan.

12:30. Shahnoza Mamajonova (50 metr to‘pponchadan otish)

paraлиmпиада-2024, taқвиm

U 1998-yil 4-mayda tug‘ilgan. 2023-yildan buyon para o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda Sh-1A klassida ishtirok etadi. 2022-yil Peruda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 10 m masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha, 2023-yi BAAda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida 50 m masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi Nataliya Yefimova.

31-avgust kuni sportchi 10 metr masoafaga to‘pponchadan otish bo‘yicha final bahsida qatnashib, 149.3 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinni egallagan.

Para suzish

12:30. Dmitriy Xorlin (100 metr erkin)

paraлиmпиада-2024, taқвиm

U 1997-yil 5-dekabrda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Incheon-2014, Jakarta-2018 hamda Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati va Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi Sergey Xorlin.

Dmitriy Xorlin shu paytgacha 400 metrga erkin usulda suzish va 200 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan saralash bahslarda ishtirok etgan, lekin finalga chiqa olmagan.

Para yengil atletika

13:00. Kubaro Hakimova (disk uloqtirish)

paraлиmпиада-2024, taқвиm

U 2002-yil 31-yanvarda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda F41 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi Sardor Abduxoliqov.

Kubaro Hakimova 30-avgust kuni yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medal olgandi. U yadroni 10,36 metrga uloqtirib, ikkinchi o‘rinni egallagan.

13:00. Madina Muxtorova (disk uloqtirish)

paraлиmпиада-2024, taқвиm

U 2006-yil 1-noyabrda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda F40 klassida ishtirok etadi. Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari bronza medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi Xurshidjon Boymatov.

Madina Muxtorova yadro uloqtirish bahslarida 8.10 metr natija qayd etib, kuchli sakkizlikdan joy olgan.

13:44. Urganch Egamnazarov (100 metr yugurish)

paraлиmпиада-2024, taқвиm

U 2000-yil 21-aprelda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda T11 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida uzunlikka sakrash bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi Behruz Teshayev.

Urganch Egamnazarov 400 metrga yugurish finalida ishtirok etgan, biroq yuqori o‘rinlardan birini ololmagan.

14:47. Roziya Ergasheva (yadro uloqtirish)

paraлиmпиада-2024, taқвиm

U 1999-yil 11-aprelda tug‘ilgan. 2017-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda F55 klassida ishtirok etadi. Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi Yaxyobek Yakubov.

14:47. Shaxina Yigitaliyeva (yadro uloqtirish)

paraлиmпиада-2024, taқвиm

U 2008-yil 19-oktabrda tug‘ilgan. 2020-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda F46 klassida ishtirok etadi. Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi Azizjon Normatov.

Para velosport

16:51. Azimbek Abdullayev (shosse, vaqt poygasi)

paraлиmпиада-2024, taқвиm

U 1996-yil 21-fevralda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda C5 klassda ishtirok etadi. Xanjchou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza medalga sazovor bo‘lgan. Butunjahon UCI tashkilotining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra C5 dasturi bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi Renata Boymetova.

Azimbek Abdulaayev 4000 metr masofaga o‘tkazilgan yakkalik pursuit bahslarida ishtirok etgan va 4 daqiqa 43.555 soniya vaqt bilan 12-o‘rinni band etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 4-sentabr coat 08:00 holatiga ko‘ra, medallar hisobi bo‘yicha kuchli 10 talikni yakunlab turibdi. Jamoada 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza bor.