4-sentabr kuni Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 7-kunida Server Ibragimov para o‘q otish bo‘yicha aralash dasturda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

U final bahsida 50 metr masofaga kichik kalibrli to‘pponchadan otish bo‘yicha 215,3 ochko jamg‘ardi. Birinchi o‘rin Xitoy, uchinchi o‘rin esa Italiya jamoasi a’zosiga nasib etdi.

paraлимпиада-2024, париж-2024, сервер ибрагимов

Sportchi 30-avgust kuni 10 metr masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha finalda qatnashib, 132.1 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinni egallagandi.

Server Ibragimov 1978-yil 28-noyabrda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda Sh-1 klassida ishtirok etadi. Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgan.

2022-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida 10 metr va 50 metr masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Jasorat” medali sohibi. Murabbiyi Nataliya Yefimova.

Ma’lumotu uchun, O‘zbekiston 4-sentabr soat 16:10 holatiga ko‘ra, medallar hisobi bo‘yicha 11 o‘rinda turibdi. Jamoada 6 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza bor.