O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni 2024−2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatda yo‘l, energetika, ta’lim, transport, kommunal, suv, ekologiya va boshqa sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan DXSH loyihalari sanab o‘tilgan.

Xususan, sentabr oyida Тошкент-Samarqand pulli yo‘lini qurish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish bo‘yicha tender e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Dekabr oyida pudratchini aniqlab, u bilan shartnoma tuzib, qurilishni boshlash rejalashtirilgan. Ishlarni 2028-yil oxirigacha yakunlash, keyin esa boshqaruvni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy operatorga o‘tkazish rejalashtirilgan. Dastlabki qiymati 2,2 milliard dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, Jahon banki ko‘magida 303 km uzunlikdagi Toshkent-Andijon pulli yo‘lini qurish rejalashtirilgan. May oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi pulli avtomobil yo‘lining narxi 4,65 milliard dollariga baholanayotganini ma’lum qilgandi.

oktabr oyida loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash, 2025-yil mart oyida tenderning birinchi bosqichini o‘tkazish, oktabr oyida tenderning ikkinchi bosqichini o‘tkazish, 2026-yil aprel oyida g‘olibni e’lon qilish va u bilan DXSH shartnomasini tuzish rejalashtirilgan.

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li loyihasi 2019-yildan buyon muhokama qilinmoqda. 2021-yilda uning qiymati 2 mlrd dollardan oshishi xabar qilingandi. So‘ngra Jahon banki vakillari avtomagistraldan yengil avtomashinalarning foydalanish narxi so‘m ekvivalentida 5−7 dollar, yuk mashinalari va avtobuslar uchun esa so‘m ekvivalentida 15 dollarga teng bo‘lishini hisoblab chiqqan.

Transport sohasidagi loyihalar orasida 2027−2030-yillarda Samarqand va Buxoro o‘rtasida 1 milliard dollarlik pulli yo‘l qurilishi ham bor.

Bundan tashqari, “Taxtaqoracha” dovonida pulli tunnel qurilishi rejalashtirilgan. Yil yakuniga qadar salohiyatli strategik kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish, 2025-yil avgustiga qadar loyiha konsepsiyasini tasdiqlash, 2026-yil fevraliga qadar xususiy sherikni tanlash, 2026-yil dekabriga qadar DXSH shartnomasini imzolash topshirildi.

Loyihaning qiymati 100 million dollarga baholanmoqda. Uning uzunligi, avval xabar qilinganidek, 4,4 km bo‘lishi kerak. O‘tgan yilning oktabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tunnel qurilishi 2024-yilda boshlanishini aytgan edi.

2025-yil oxiriga qadar Chirchiq shahrida 60 million dollarlik asfaltbeton qoplamali yangi halqa yo‘li (4P5 va 4K755A yo‘llarini bog‘lash uchun) qurilishi rejalashtirilgan.

“A378-Qarshi” avtomobil yo‘lining Samarqand-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha 3−52 km (uzunligi 49 km) qismini sement-beton qoplamali rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 75 mln dollarga baholanib, 2028-yil oxirigacha amalga oshiriladi.