5-sentabr, payshanba kuni Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 8-kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 9 nafar a’zosi ishtirok etadi.

Para yengil atletika

13:00 Dilafruz Axmadxonova (yadro uloqtirish)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1990-yil 23-iyunda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F35 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Rio-2016 hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “Shuhrat” medali sohibi. Murabbiyi — Nuriddin Ro‘zmatov.

13:17 Mohigul Hamdamova (yadro uloqtirish)

Foto: Husniddin AtoFoto: Husniddin Ato

O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori bundan avval F57 klassida disk uloqtirish (o‘tirgan holda uloqtirish) bo‘yicha bronza medali sohibiga aylangan.

U 1995-yil 2-oktabrda tug‘ilgan. 2017-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F56/57 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush, Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida disk uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi. Murabbiyi — Mavlonbek Xaydarov.

13:49 Asila Mirzayorova (200 m yugurish)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Asila Mirzayorova avvalroq T11 klassida uzunlikka sakrash dasturida 5,24 metr qayd etib, eng yuqori natijani ko‘rsatgan va oltin medalni qo‘lga kiritgan. Ushbu ko‘rsatkich yangi Paralimpiya o‘yinlari rekordi sifatida belgilangan. Bundan avvalgi rekordni ham 5,22 metrga sakrab o‘zi yangilagandi.

Asila 2-sentabr kuni T11 klassida 100 metr masofaga yugurishda saralash bahslarida qatnashgan va 13.08 soniya natija qayd etgan. Ushbu ko‘rsatkich sportchining finalga chiqishi uchun yetarli bo‘lmagan.

23:42 Xusniddin Norbekov (yadro uloqtirish)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

U 1987-yil 23-mayda tug‘ilgan. 2012-yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda F35 klassida ishtirok etadi. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin, Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza, Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida oltin hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” hamda “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi. Murabbiyi — Sardor Abduxoliqov.

Para dzyudo

13:00 Sherzod Namozov (-60 kg)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1991-yil 3-avgustda tug‘ilgan. 2013-yildan buyon para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi. Musobaqalarda J2 klassda ishtirok etadi. 2023-yil Hanjchou bo‘lib o‘tgan yozgi Para Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Butunjahon IBSA tashkilotini yakuniy reyting natijalariga ko‘ra 60 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekiston iftixori” unvoni sohibi. Murabbiyi — Maxmud Amanov.

13:00 Uljon Amriyeva (-57 kg)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1999-yil 17-mayda tug‘ilgan. 2023-yildan buyon para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi. Musobaqalarda J1 klassida ishtirok etadi. Hanjchou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida bronza medalIni qo‘lga kiritgan. Butunjahon IBSA tashkilotining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra -57 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini olgan. Murabbiyi — Dilnoza Bahromova.

Para pauerlifting

20:00 Durdona To‘rayeva (-55 kg)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

2001-yil 12-oktabrda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para pauerlifting bo‘yicha O‘bekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda -50 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Jahon kubogining kumush medali sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Fazliddin Umrzoqov.

15:00 Aqidaxon Axtamova (-50 kg)

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1993-yil 1-martda tug‘ilgan. 2022-yildan buyon para pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda -50 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Jahon kubogida oltin medalga sazovor bo‘lgan. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Murabbiyi — Dilshod Fattayev.

Para suzish

12:30 Firdavs Musabekov

paraлиmпиада 2024, paraлиmпия o‘yinlari, париж 2024

1997-yil 11-fevralda tug‘ilgan. 2014-yildan buyon para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Musobaqalarda S13 klassida ishtirok etadi. Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari hamda Jakarta-2018 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati hamda Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari kumush medal sohibi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari liTsenziyasini qo‘lga kiritgan. “O‘zbekiston iftixori” unvoni sohibi. Murabbiyi — Nodirbek Abdullayev.