O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi, paradzyudochi Sherzod Namozov Parij Paralimpiadasi g‘olibi bo‘ldi.

5-sentabr kuni erkaklar o‘rtasida J2 klassida (ko‘zi qisman ko‘radigan sportchilar bellashadi) -60 kg vazn toifasida final bahsi yakunlandi. Oltin medal uchun kechgan kurashda o‘zbekistonlik Sherzod Namozov gruziyalik Zurab Zurabianiga qarshi tatamiga chiqdi va g‘alabaga erishib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

U bu orqali ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi. Sportchi 2016-yilgi Paralimpiya o‘yinlarida ham chempion bo‘lgan.

Sherzod Namozov turnir chorak finalida ispaniyalik Luis Gavilanni, yarimfinalda esa janubiy koreyalik Li Min-Jayni mag‘lub etgandi. Ikkala bahs ham 10:0 hisobida yakunlangan.

парадзюдо, паралимпия o‘yinlari-2024, шерзод намозов

O‘zbekiston onlayn medallar jadvalida 13 o‘ringa chiqdi. Xabar e’lon qilingan vaqtda mamlakat hisobida 7 ta oltin, 5 ta kumush va 4 bronza medali bor.