5-sentabr kuni O‘zbekiston va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasida futbol bo‘yicha JCH-2026 saralashi 3-bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi ba’zi ko‘chalarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar qildi.

Ko‘cha va chorrahalar:

  • Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Cheklov 17:00 dan soat 23:00 gacha davom etadi.

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi YHXB xabarida.