Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralashning 3-bosqichi dastlabki o‘yinida KXDRni mag‘lub etdi. 5-sentabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 1:0 hisobida yakunlandi.

Dastlabki daqiqalardanoq O‘zbekiston terma jamoasi bosim o‘tkazdi va birinchi raqamda o‘ynashga harakat qildi. 20-daqiqada chiroyli kombinatsiyadan so‘ng yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov raqib darvozasiga yo‘l topa oldi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, u o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Shimoliy koreyaliklar ham xavfli vaziyatlar yaratdi. Ulardan biri 40-daqiqada Odiljon Hamrobekov raqibini jarima maydonchasi ichida yiqitib, penaltiga sabab bo‘lishi bilan yakunlandi. Darvozabon O‘tkir Yusupov burchakni topdi va hujumchi Kuk-Chol Kan II dan zarbasini qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda raqib sekin-asta to‘pni egallab, O‘zbekistonga qarshi hujumlar uyushtira boshladi, ammo terma jamoa hujumlarni bartaraf etdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichida 18 ta terma jamoa oltitadan uchta guruhga bo‘lingan. Guruhning eng yaxshi ikki jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCh-2026 final bosqichiga yo‘l oladi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘rtinchi bosqichda o‘ynaydi, ular yana ikkita to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma, shuningdek, qit’alararo pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Uchinchi saralash bosqichi ikki davrada (10 tur) o‘tkaziladi. U 2024-yil 5-sentabrda boshlanib, 2025-yil 10-iyunda tugaydi.

O‘zbekiston “A” guruhida Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston va Shimoliy Koreya bilan o‘ynaydi. Jamoa navbatdagi o‘yinda 10-sentabr kuni soat 19:00 da Qirg‘iziston mehmoni bo‘ladi.

Tarkiblar

futbol, jch-2026 saralashi, kxdr

Video

Foto

futbol, jch-2026 saralashi, kxdrfutbol, jch-2026 saralashi, kxdrfutbol, jch-2026 saralashi, kxdrfutbol, jch-2026 saralashi, kxdrfutbol, jch-2026 saralashi, kxdrfutbol, jch-2026 saralashi, kxdrfutbol, jch-2026 saralashi, kxdrfutbol, jch-2026 saralashi, kxdrfutbol, jch-2026 saralashi, kxdrfutbol, jch-2026 saralashi, kxdr