Siyosat

dayjest

Foto: O‘zbekistonda ilk bor MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror” mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor “Sharq-Aksilterror” qo‘shma antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ishtirokchilar garovga olinganlarni ozod qilish va muhim infratuzilma obyektlarida shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini ishlab chiqdi, bunda aviatsiya va uchuvchisiz apparatlardan foydalanildi.


dayjest

Germaniya kansleri O‘zbekistonga keladi

Germaniya kansleri Olaf Shols 15−17-sentabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi, u, xususan, “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida ishtirok etadi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonda ipoteka bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar, ularning shartlari va tuzilishi qanday o‘zgargani — MB sharhida

O‘zbekistonda birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha oylik ipoteka to‘lovlari 16 foizga oshib, 2,99 mln so‘mni tashkil etdi. Qarzning o‘rtacha miqdori oshdi, ammo kreditlar qisqaroq muddatga berila boshladi. Ipoteka kreditlarining 22 foizi norasmiy daromadga ega shaxslar tomonidan olingan.


Jamiyat

dayjest

Raqobat qo‘mitasi: “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzganini ma’lum qildi. Qo‘mita korxona mansabdorlariga jarima qo‘llab, tegishli hujjatlarni sudga yubordi.


dayjest

Toshkentda bemor “Seftriakson” qo‘llanganidan keyin shifoxonaga yotqizilgani yuzasidan bayonot berildi

Toshkentda fuqaro shifokor tavsiyasisiz “Seftriakson” va “Lidokain” aralashmasidan ukol olgach, ahvoli yomonlashib, shifoxonaga yotqizildi. Farmxavfsizlik markaziga ko‘ra, bu dori sifati bilan bog‘liq emas. Preparatlar qayta tekshirilmoqda. Ulardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish mumkin emasligi eslatildi.


dayjest

O‘zbekistonda avgustda harorat me’yordan o‘rtacha 2−3,5 darajaga yuqori bo‘ldi

O‘zbekistonda bu yilgi avgust oyi me’yordan 1−2 darajaga iliqroq bo‘lib, barcha kuzatuv yillaridagi eng iliq uchlikka kirdi. Qolaversa, oy quruq o‘tdi, yomg‘ir juda kam yog‘di. O‘zgidrometga ko‘ra, 2024-yilning yozini harorat tartibiga nisbatan qulay deb baholash mumkin.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (7−8-sentabr)

“Ofitser 55” va yana sakkizta kino premyerasi, Teplo festivali, ko‘rgazmalar, konsertlar, bolalar va kattalar uchun ijodiy mahorat darslari, spektakllar hamda kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi bilan kechgan muhokamadan so‘ng Korzinka “eng arzon narx” shiorini o‘zgartirmoqda

Korzinka supermarketlar tarmog‘i Raqobat qo‘mitasi bilan muhokama yakunlangani va eng ommabop tovarlar savatini eng arzon narxlarda saqlashga qaratilgan strategiyasini yangi nom ostida rivojlantirishni davom ettirishini ma’lum qildi. Savdo tarmog‘ining ta’kidlashicha, dasturning mohiyati o‘zgarmaydi.


dayjest

Dam olish kunlari harorat +22 darajagacha pasayadi

Juma kunidan O‘zbekistonga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +22…+27 darajagacha pasayadi.


dayjest

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida metall detektorlar o‘rnatiladi

Toshkent metropolitenining barcha bekatlari metall detektorlari bilan jihozlanadi, deb xabar berdi metro ma’muriyati.


Sport

dayjest

Xusniddin Norbekov — uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi

Para yengil atletikachi Xusniddin Norbekov yadro uloqtirish bahslarida turnir rekordini o‘rnatib, Paralimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u uchta Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.


dayjest

“Muammo asosan jismoniy holatda bo‘ldi”. Srechko Katanets — KXDRga qarshi o‘yin haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets Shimoliy Koreya bilan o‘yinda jamoa o‘z imkoniyatini to‘liq namoyish eta olmagani, muammo asosan jismoniy holatda bo‘lganini aytdi. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi Jaloliddin Masharipov “JCHga yaqinlashgan sari bosim va hayajon bo‘lishi tabiiy” ekanini ta’kidladi.


dayjest

Paralimpiada: 9-kunda 22 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi

Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 22 nafar a’zosi sportning 5 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Xususan, avvalgi bahslarda oltin medal olgan Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev disk uloqtirish va Yorqinbek Odilov yadro uloqtirish bahslarida qatnashadi.


dayjest

Safiya Burxanova yadro uloqtirish bo‘yicha uch karra Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘ldi

O‘zbekistonlik paraatlet Safiya Burxanova Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi Tokiodagi oltin va Riodagi kumushdan keyin uchinchi Paralimpiya medali bo‘ldi. O‘zbekiston 18 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 12-o‘rinni egallab turibdi.


dayjest

Paralimpiada: Tolibboy Yo‘ldashev oltin, Temur Giyazov bronza medalini qo‘lga kiritdi

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Tolibboy Yo‘ldashev disk uloqtirish bo‘yicha oltin, Temur Giyazov esa balandlikka sakrash bo‘yicha bronza medaliga ega bo‘ldi. Yo‘ldashev avvalroq yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medaliga ham ega chiqqandi.


dayjest

Prezident Paralimpiya chempionlarini telefon orqali tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan dzyudochi Sherzod Namozov va uch karra “oltin” sohibi bo‘lgan Xusniddin Norbekovni telefon orqali tabrikladi.


dayjest

Dzyudochi Kumush Xodjayeva Paralimpiada kumush medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik paradzyudochi Kumush Xodjayeva Paralimpiya o‘yinlari finalida yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Delegatsiya hisobidagi medallar soni 21 taga yetdi.


dayjest

Dzyudochi Uchqun Quronboyev Paralimpiya o‘yinlari bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston vakili Uchqun Quronboyev paradzyudo bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritdi. U uchinchi o‘rin uchun bahsda janubiya koreyalik raqibini mag‘lub etdi. Bu — Quronboyev uchun Paralimpiadalardagi ikkinchi meda l


Jahon

dayjest

Harris va Tramp 10-sentabr kungi debat qoidalarini kelishib oldi

AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Tramp o‘rtasidagi ilk debat 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Zalda tomoshabinlar bo‘lmaydi, raqiblarning mikrofonlari esa navbat bilan yoqiladi.


dayjest

Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng ilk bor bayonot berib, ayblovlarni rad etdi

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng birinchi marta bayonot berdi. Uning fikricha, agar mamlakat internet xizmatidan norozi bo‘lsa, uning rahbarini ta’qib qilmasdan, kompaniyani sudga berishi kerak. Shu bilan birga, Durov suiiste’molliklarga qarshi kurashishga va’da berdi.


dayjest

Dunyo ketma-ket ikkinchi yil rekord darajadagi eng issiq yozni boshdan kechirdi

O‘tgan uch oy — iyun, iyul va avgust — tarixdagi eng issiq davrga aylandi. Sayyorada ketma-ket ikkinchi yil anomal issiq yoz qayd etilmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!