Korzinka supermarketlar tarmog‘i yangi nom ostida eng ommabop tovarlar savatini arzon saqlashga qaratilgan yangi strategiyasini ishlab chiqishda davom etishini ma’lum qildi. Riteyler qo‘mita qaroriga e’tiroz bildirmaslikka va eng past narxlar strategiyasi nomini o‘zgartirishga qaror qildi, deyiladi kompaniya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Raqobat qo‘mitasi Korzinka supermarketlari tarmog‘i “Kundalik xaridlar uchun eng past narx” shioridan foydalanilgani sababli sud muhokamasini boshlagan edi. Bunga javoban tarmoq buni qoidabuzarlik deb hisoblamasligini ma’lum qildi. “Biz o‘zimiz uchun strategik — birinchi navbatda zarur tovarlarga eng arzon narxlarni muntazam asosda saqlab turish mas’uliyatini qabul qildik”, deyiladi bayonotda. Buning uchun kompaniya “supermarketlarda va boshqa chakana savdo nuqtalaridagi narxlarni muntazam ravishda kuzatib borishini” ma’lum qilgandi.

Keyinroq qo‘mita Korzinka supermarketlar tarmog‘i reklama to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda aybli deb topilganini ma’lum qildi. “Korzinka, o‘z navbatida, “Eng past narxlar” dasturining ommaviy taklifi va kommunikatsiya materiallariga tuzatishlar kiritdi, shuningdek, jarima to‘ladi.

“Dasturning avvalgi nomi „Kundalik xaridlar uchun eng arzon narxlar“ bo‘lib, u bozordagi narxlarning doimiy monitoringiga asoslangan edi, bu esa uning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Bizning narx strategiyamiz qonunchilik talablariga mos keladi deb hisoblaymiz, lekin shu bilan birga Raqobat qo‘mitasining tavsiyalarini qabul qilishga qaror qildik”, — deya ma’lum qildi riteyler vakillari.

Korzinka o‘z e’tiborini xaridorlarimizga eng zo‘r takliflarni taqdim etish va iste’mol tajribasini yaxshilashga yo‘naltirishni ma’qul ko‘rishini aytdi. “Shu bois biz dasturni yanada rivojlantirish va uning assortimentini kengaytirishga e’tibor qaratamiz”, — deya ishontirdi supermarketlar tarmog‘ida.

“Dasturning nomidan ko‘ra, u berayotgan natija muhimroqdir. Biz uning nomini „Kundalik xaridlar uchun yanada arzon narxlar“ deb o‘zgartiramiz, ammo dastur mohiyatini o‘zgartirmaymiz. Korzinka bozordagi narxlarni kuzatish va kundalik zarur tovarlar savatiga eng hamyonbop narxlarni belgilash siyosatini davom ettiradi. Bundan tashqari, biz dastur katalogini kengaytirdik, hozirda unda 300 dan ortiq tovarlar taqdim etilgan. Unda har bir toifada talab yuqori bo‘lgan brend mahsulotlari yanada ko‘paydi”, — deydi Korzinka supermarketlar tarmog‘i bosh direktori Rud Pedersen.

Eng arzon narxlarni ta’minlash uchun monitoring va “Kundalik xaridlar uchun yanada arzon narxlar” dasturi O‘zbekistonning Korzinka mavjud bo‘lgan barcha 12 hududida ishlashda davom etadi, deyiladi bayonotda.