O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi Kumush Xodjayeva Parij Paralimpiadasida paradzyudo bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kumush Xodjayeva ayollar o‘rtasida J2 klassida (ko‘zi qisman ko‘radigan sportchilar bellashadi) -57 kg vazn toifasida yarimfinalda ispaniyalik Marta Arche Poynoni mag‘lub etdi (1:0) va final bahsi uchun yo‘llanma oldi.

Finalda o‘zbekistonlik sportchi yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi tatamiga chiqdi. Ammo hal qiluvchi bellashuvda Xodjayeva 10:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu orqali delegatsiya hisobidagi medallar soni 21 taga yetdi — 9 ta oltin, 7 ta kumush, 5 ta bronza. O‘zbekiston xabar e’lon qilingan vaqtda onlayn medallar jadvalida 12-o‘rinda joylashgan.

kumush xodjayeva, paradzyudo, paralimpiada-2024

Bugun, 6-sentabr kuni O‘zbekiston parasportchilari mamlakat hisobiga yana uchta medalni qo‘shib qo‘ygandi. Safiya Burxanova yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi va Paralimpiya o‘yinlarining uch karra sovrindori bo‘ldi. Tolibboy Yo‘ldashev disk uloqtirishda oltin, Temur Giyazov balandlikka sakrashda bronza medalini oldi.