Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Juma kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi. Kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi, respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Juma kuni harorat +26…+29 daraja bo‘ladi. Shanba-yakshanba kunlari esa kechalari +10…+15 darajagacha, kunduz kunlari +22…+27 darajagacha pasayadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 6 va 7-sentabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 7-sentabrda baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida 6-sentabrda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 12−14 m/s gacha kuchayadi. Harorat +24…+29 daraja bo‘ladi.

7−8-sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +10…+13, kunduz kunlari +24…+27 daraja bo‘ladi.