6-sentabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Parijdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida navbatdagi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Para-sportchi Safiya Burxanova F12 (ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan sportchilar) toifasidagi yadro uloqtirish bahslarining finalida 14,12 m natija ko‘rsatib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Bu 34 yoshli sportchining faoliyatidagi uchinchi Paralimpiya medalidir. Tokio-2020 da u 14,78 m natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rio-2016 da 15,05 m natija bilan kumush medalga sazovor bo‘lgan, bu esa Paralimpiya va jahon rekordi bo‘lib qolmoqda.

Birinchi o‘rinni o‘zbekistonlik sportchining azaliy raqibi, uch karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni, italiyalik Assunta Lenyante (14,54 m), uchinchi o‘rinni esa xitoylik Chjao Yuyping (12,21 m) egalladi.

Assunta Lenyante.Assunta Lenyante.

Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston 18 ta medal — 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza bilan umumiy medallar reytingida 12-o‘rinda bormoqda. O‘yinlar 8-sentabr kuni yakunlanadi. Tokio-2020 da bo‘lib o‘tgan so‘nggi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 19 medalni (8−5−6) qo‘lga kiritib, 21-o‘rinni, Rio-2016 da esa 31 medal bilan (8−6−17) turnir jadvalida 16-o‘rinni egallagan edi.