Foydalanuvchilar uchun Uzum Tezkor ilovasida Aroma Bakery, Izgara, Zaytun va boshqa mahalliy restoranlar, shuningdek, Evos va Safia kabi mashhur tarmoqlarning sevimli taomlari mavjud. Platforma har bir iste’molchi o‘ziga xush keladigan taomni tanlay olishi uchun hamkorlarining ro‘yxatini kun sayin ko‘paytirib bormoqda. Buyurtmalar esa shahar bo‘ylab bepul yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, tez orada Qarshi aholisi uchun Uzum Tezkor orqali oziq-ovqat mahsulotlarini do‘konlardan buyurtma qilish imkoni yaratiladi. Bunda iste’molchilar nafaqat qulay xizmatdan, balki servis va uning hamkorlari tomonidan taklif etilayotgan chegirma va aksiyalardan ham foydalanishi mumkin.
Uzum Tezkor servisining yangi shaharga kirib kelishi mahalliy aholi uchun qulay yetkazib berish xizmatining ishga tushirilganini hamda qo‘shimcha ish joylarining tashkil etilishini anglatsa, kichik va o‘rta biznes uchun bu o‘sish imkonini beradi.
“Uzum Tezkor xizmatining Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatishni boshlashi kompaniyaning O‘zbekiston bo‘ylab turli restoranlardan yetkazib beradigan yagona tarmoqni yaratish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Xizmatimizning qulayligi butun mamlakat bo‘ylab nafaqat millionlab iste’molchilar, balki restoratorlar tomonidan yuqori baholab kelinmoqda. Bizning ma’lumotlarga ko‘ra, servisga qo‘shilgan hamkorlarning yetkazib berish buyurtmalari ulushi ilk oylardanoq o‘rtacha 20−30% ga, so‘ng 40% gacha ko‘tariladi. Bugungi kunda hamkor restoran va do‘konlarning soni 1600 dan oshdi va ko‘rsatkichlar kun sayin oshib bormoqda”, — dedi Uzum Tezkor xizmatini viloyatlarda rivojlantirish bo‘yicha rahbar Bexzod Abdullayev.
Qarshi Uzum Tezkor xizmati yo‘lga qo‘yilgan to‘qqizinchi shaharga aylandi. Shunga qaramay, Uzum Tezkor uchun xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi asosiy ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda, masalan, o‘rtacha yetkazib berish muddati 30 daqiqani tashkil etadi.
Uzum Tezkor Qarshi shahrida o‘z faoliyatini boshlashi munosabati bilan yangi foydalanuvchilarning ilk uchta buyurtmasiga QARSHI20 promokodi bilan 20 ming so‘mli chegirma taklif etadi. Buyurtmalarni Uzum Tezkor va Uzum Market ilovalari orqali amalga oshirish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.