Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, Buxorodagi tergov hibsxonasida mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari tashkil etildi, deb xabar bermoqda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili matbuot xizmati.

Xabarda Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasiga binoan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv huquqi berilgani qayd etildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar yil davomida yaqin qarindoshlari bilan 6 marta qisqa va 6 marta uzoq muddatli uchrashuvlardan foydalanishlari mumkin.

“Ba’zi mahkumlar jazo muddatlarini xo‘jalik ishlariga jalb qilingan holda tergov hibsxonalarida o‘tashadi. Lekin barcha tergov hibsxonalarida ham uzoq muddatli uchrashuvlar uchun zarur sharoitlar yaratilmagan”, deyiladi xabarda.

inson huquqlari bo‘yicha vaкил, ombudsman, tergov ҳибсхонаси, uzoq muddatli uchrashuv xonalari

Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova tomonidan Buxoro shahridagi 4-sonli tergov hibsxonasiga o‘tkazilgan monitoring tashrifida aynan shu holat aniqlangan. Shundan so‘ng mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalarini tashkil etish bo‘yicha ombudsman tavsiyalari tayyorlanib, tegishli idoralarga kiritilgan.

Kuni kecha uzoq muddatli uchrashuv uchun qurilgan yangi binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.