Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida (o‘tirgan holda ishtirok etiladi) nayza uloqtirish dasturida final bahslari yakunlandi. Unda Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini (20.73 m edi) yangiladi va oltin medal oldi.

Ikkinchi o‘rinni nigeriyalik Ugvunva Flora (19.26), uchinchi o‘rinni esa eronlik Salehi Elham (16.24) egalladi.

F54 klassida nayza uloqtirish bo‘yicha amaldagi jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning o‘ziga tegishli edi. U 2024-yil Yaponiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 20.73 metr natija bilan jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan.

U 2-sentabr kuni Paralimpiya o‘yinlarining yadro uloqtirish bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.

Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Shunday qilib, uning hisobida endi Paralimpiyaning 4 ta medali bor.

Ayni damda O‘zbekiston 10 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda.

Foto

nayza uloqtirish, нурхон қурбоноva, паралиmпиада 2024