Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni Buxoroga bordi, deya xabar berdi “O‘zbekiston 24” telekanali o‘sha kuni kechki xabarida.
Telekanal xabariga ko‘ra, davlat rahbari viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, avvalgi tashriflar davomida berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishgan.
Shuningdek, u qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida Buxoroda bo‘lib turgan Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazgan.
Buxoroning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilish chog‘ida bunday maskanlarning jamiyat hayotidagi, ayniqsa, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, ma’rifiy ahamiyatiga e’tibor qaratildi, deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Toshkentga qaytib keldi. Tashrif haqida boshqa manbalarda xabar berilmadi.