Dzyudochi Dovurxon Karomatov erkaklar o‘rtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida Paralimpiya o‘yinlarining bronza medaliga ega bo‘ldi.

U tatamida gruziyalik Lasha Kizilashvilini mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa Karomatov delegatsiya hisobiga 7-bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Bu Dovurxon Karomatovning faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya medali hisoblanadi. U bundan avval 2021-yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kumush medalni qo‘lga kiritgan.

довурхон кароматов, paraлимпиада-2024

Dovurxon Karomatov 1998-yil 25-yanvarda tug‘ilgan. 2018-yildan buyon para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi hisoblanadi. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi. Murabbiyi Fozil Karomatov.

8-sentabr soat 09:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan jadvalda 13-o‘rinda bormoqda.