8-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Qo‘shni mamlakat poytaxtida prezident beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari — YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.