Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

“Ostona arena”da bo‘lib o‘tgan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tatariston raisi Rustam Minnixanov va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi.

бутунжаҳон ko‘chmanchilar ўйинлари, остона, шавкат мирзиёев

Musobaqada dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq sportchi, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. Sportchilar kurash, alish, arqon tortish, kamondan o‘q otish, poyga, pahlavonlar bellashuvi kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.

Ishtirokchilarga ko‘chmanchi xalqlarning boy madaniyati va tarixi, an’ana va urf-odatlariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.

Marosimdan so‘ng davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘istonning bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi.

бутунжаҳон ko‘chmanchilar ўйинлари, остона, шавкат мирзиёев