8-sentabr, yakshanba kuni Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 11-kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi ishtirok etadi.
Para pauerlifting
12:00. Ilhom Halimov (-107 kg).
U 1985-yil 27-fevralda tug‘ilgan. 2021-yildan buyon para pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Jahon kubogining kumush medal sohibi. Murabbiyi Fazliddin Umrzoqov.
Para kanoe
13:42. Shahnoza Mirzayeva (200 metr).
U 1999-yil 22-mayda tug‘ilgan. 2017-yildan buyon para kanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. “Shuhrat” medali sohibi. Murabbiyi Artyom Karmeyev.
Shahnoza Mirzayeva 53.29 soniya natija qayd etib, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.
13:56. Haytmurod Sherqo‘ziyev (200 metr).
U 1997-yil 18-aprelda tug‘ilgan. 2017-yildan buyon para kanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin, 2023-yil Kanadada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritgan. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. “Shuhrat” medali sohibi. Murabbiyi Dilshod Yo‘ldoshev.
Haytmurod Sherqo‘ziyev saralashda 50.70 soniya natija qayd etib, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, 8-sentabr soat 09:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan jadvalda 13-o‘rinda bormoqda.
Shuning bilan 2024-yilgi Paralimpiya o‘yinlari 8-sentabr kuni yakunlanadi. Yopilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da Fransiyaning Stade de France stadionida boshlanadi. Tadbirda Paralimpiya estafetasi 2028-yilgi mezbon — Los-Anjeles shahriga topshiriladi.