5-sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” tashkiloti yo‘lovchilar temiryo‘l transportidan foydalanishda duch keladigan muammolarni muhokama qilish uchun OAV bilan matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda “Gazeta.uz” muxbiri ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z borishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” parki 2020−2023-yillar davomida yangi vagon xaridini kamaytirib, ko‘proq xizmat muddati tugagan vagonlarni harakat tarkibidan chiqardi. Xususan, 2019-yilda tashkilot 49 ta yangi vagon xarid qilgan bo‘lsa, 25 ta eski vagonni ro‘yxatdan chiqargan.

2019-yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” hisobida jami 590 ta poyezd mavjud edi. 2020-yilda (29 ta chiqarildi — 12 ta yangi xarid qilindi). 2021 (33 — 1) hamda 2022-yilda (40 — 1) esa koronavirus pandemiyasi va chipta narxlarining o‘zgarishsiz qolishi hisobiga deyarli yangi poyezd xarid qilinmadi. 2024-yilga kelib, temiryo‘llar tarkibiga yangi qo‘shilgan vagonlar soni yana 11 taga ko‘paydi hamda jami harakatdagi vagonlar soni 488 taga yetdi.

vagonlar, kredit, poyezd, ўзбекистон temir yo‘llari, ўзtemiryo‘lyo‘lovchi, шарафиддин кадиров

Hozirgi kunda mavjud 50 ta yo‘lovchi poyezdida kuniga 27,5 ming nafar yo‘lovchi tashilmoqda — bir yilda o‘rtacha 10,8 mln nafar.

Yo‘lovchilar talabiga qarab Toshkentdan mahalliy Buxoro, Urganch, Qo‘ng‘irot, Termiz, Xivaga, xalqaro yo‘nalishda esa Rossiyaning Volgograd va Moskva shaharlariga qatnovlar ko‘p.

vagonlar, kredit, poyezd, ўзбекистон temir yo‘llari, ўзtemiryo‘lyo‘lovchi, шарафиддин кадиров

Uchrashuvda yo‘lovchi vagonlaridagi sovitish tizimi haqida gap bordi. Mutaxassislar vagon parklarining ko‘pini qurish paytida (SSSR davrida) yo‘lovchi vagonlarida sovitish tizimi o‘rnatilmaganini ta’kidladi. Lekin xizmat muddati tugagan vagonlarni qayta modernizatsiya qilish jarayonida sovitish tizimi joriy qilingan, deya qayd etildi.

Tadbirda tashkilot bosh direktori Sharafiddin Kadirov tizimda 2 ta masala: o‘rinlar va chipta yetishmovchiligi muammosi borligi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joy yetishmovchiligi vagon yetishmovchiligi bilan bog‘liq. “Sababi — talab ko‘p. Poyezdlarimizning hammasi 100 foiz aholi zichligida yuribdi. Agar biz ko‘proq poyezd qo‘ysak, joy ham, chipta ham bo‘ladi”, — dedi u.

Sharafiddin Kadirov.Sharafiddin Kadirov.

Sharafiddin Kadirov 2024-yilning oxirigacha tashkilot 28 ta vagon sotib olishini aytdi. 2025−2026-yillarda esa 80 ta (ikki yilda 40 tadan) yo‘lovchi vagonlar xarid qilinadi.

vagonlar, kredit, poyezd, ўзбекистон temir yo‘llari, ўзtemiryo‘lyo‘lovchi, шарафиддин кадиров

Hozir “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibida 320 ta yo‘lovchi vagon mavjud. 2025-yilga kelib ta’mirlashda turgan 128 ta vagonning 20 tasi tarkibga qaytadi. Shuningdek, yana 42 ta vagon Sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgani va yo‘lovchilarning hozirgi talablariga javob bermayotgani sabab ro‘yxatdan chiqariladi. Buning o‘rnini to‘ldirish uchun 40 ta yo‘lovchi vagon xarid qilinadi.

Tashkilot bu muammoga yechim sifatida ko‘proq vagonlarni ro‘yxatdan chiqarib, yana ko‘proq yangi vagon sotib olish niyatida. Qolaversa, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbari tashkilot hozirda vagon xarid qilish uchun olgan kreditlari haqidagi savollarga ham javob berdi.

“1 yil ichida vagon sotib olish bo‘yicha oldin olingan hamda boshqa kreditlarni hisobga olganda, 250 mlrd so‘m kreditni yo‘lovchilardan tushayotgan pullar hisobiga yopdik. Tashigan yo‘lovchimiz sonini hisobga olsak, biz yana kredit ololamiz”, — dedi Sharafiddin Kadirov.

Shuningdek, u tashkilot yana yangi loyiha — 47 ta vagon xaridi uchun 150 mlrd so‘m kredit olganini aytdi. Bundan tashqari, prezidentga temiryo‘l sohasidagi rejalar taqdimoti ko‘rsatilganda yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarishga 50 mln dollar, lokomotivlar olib kelish va elektrovozlarni modernizatsiya qilishga 181 mln dollar ajratish rejalashtirilayotgani bildirilgan.

vagonlar, kredit, poyezd, ўзбекистон temir yo‘llari, ўзtemiryo‘lyo‘lovchi, шарафиддин кадиров

Bundan tashqari, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” joriy yilning oktabr oyida “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishida harakatlanuvchi dizel poyezdini yo‘lga qo‘yadi. Keltirilishicha, mazkur poyezd 592 km yo‘l bosib, yo‘lovchilarni 6 soatda manzilga yetkazadi. Uning tarkibida 2 ta VIP, 4 ta “biznes”, 4 ta “ekonom” klass vagonlari, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagon mavjud bo‘ladi.

“Dizel poyezdning boshqalardan farqi shundaki, unda boshqa yo‘nalishdagi poyezdlar kabi vagonlar tarkibdan uzilmaydi. Poyezd sovitish va isitish jihozlari bilan to‘liq jihozlangan. Uning qulayligi deyarli „Afrosiyob“ poyezdi bilan bir xil, faqat tezlikda farq bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidladi Sharafiddin Kadirov.

vagonlar, kredit, poyezd, ўзбекистон temir yo‘llari, ўзtemiryo‘lyo‘lovchi, шарафиддин кадиров