Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Al-Ayn shahrida boks bo‘yicha 14 va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinni Hindiston terma jamoasi oldi, uchlikni Qozog‘iston o‘smirlar terma jamoasi yakunlab bergan. O‘zbekiston boks federatsiyasi sovrindor sportchilarning ro‘yxatini e’lon qildi.

Musobaqada O‘zbekistondan 23 nafar sportchi qatnashgan bo‘lsa, ulardan 14 nafari oltin medal oldi. Shuningdek, yana 6 nafar bokschi kumush va 3 nafar sportchi bronza medaliga ega chiqdi.

Oltin:

  • -48 kg: Elyor Rustamov
  • -50 kg: Muhammad Rizo Ukimov
  • -52 kg: Behruz Qurbonov
  • -57 kg: Jahongir Zayniddinov
  • -60 kg: Saidxo‘ja Sadillaxo‘jayev
  • -63 kg: Suhrob Rahmatullayev
  • +80 kg: Islom Salihov
  • -50 kg: Nilufar Hamdamova
  • -52 kg: Robiya Ravshanova
  • -60 kg: Sevara Mamatova
  • -66 kg: Aselya Tulegenova
  • -70 kg: Xadichabonu Bekova
  • -75 kg: Maftuna Yangiyeva
  • -80 kg: Mavjuda Abdusaidova

Kumush:

  • -54 kg: Ibrohim Shokirjonov
  • -66 kg: Jasurbek Usmonjonov
  • -70 kg: Diyorbek Murodilloyev
  • -75 kg: Asilbek Abdusamadov
  • -80 kg: Jahongir Ergashev
  • -46 kg: Maftuna Musurmonova

Bronza medal:

  • -46 kg: Hikmatilla Sobirov
  • -54 kg: Farzuna Ro‘ziyeva
  • +80 kg: Nilufarxon Abduhoshimova.

U-14 terma jamoasi esa jami 10 ta medalga ega chiqdi. Ularning yarmi kumush, qolgan yarmi esa bronza medali.

boks, спорт, o‘smirlar

Kumush:

  • -33 kg: Aslbek Rozo‘mbayev
  • -35 kg: Yaxyo Komilov
  • -43 kg: Muhammadali Istamov
  • -58 kg: Abduvohid Abdumajidov
  • -70 kg: Ayubxon Muhammadaliyev

Bronza:

  • -37 kg: Kamronbek Bahodirov
  • -40 kg: Javlonbek Mahammadisaqov
  • -46 kg: Bekzodbek Ravshanbekov
  • -55 kg: Ahmadxon Abdusattorov
  • -67 kg: Muhammadrizo Holdarov.