Siyosat
Toshkentda o‘tgan qo‘shma komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari nimalarni gaplashdi?
O‘zbekiston Rossiya bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikka doim tayyor, dedi bosh vazir Abdulla Aripov qo‘shma komissiya yig‘ilishida. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin polimerlar, fuqaro uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni tashkil etish va temiryo‘l mashinasozligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berdi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi
Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Turayevni qariyb 10 mlrd so‘mlik 1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish ishi bo‘yicha talon-toroj qilish va mansab soxtakorligida ayblab, 6 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Uning kompaniyada ishlagan qiziga 5 yil 1 oy qamoq jazosi tayinlandi.
Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi
Afg‘onistonlik 160 nafar ayol O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitiladi. Bu borada Oliy ta’lim vazirligi va Qatarning Education above all fondi o‘rtasida memorandum imzolandi. Loyiha xarajatlarining katta qismini Qatar tomoni qoplaydi.
Trabzonda O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi
Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi. Shu paytgacha bunday vakolatxona Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Mishustin, shuningdek, prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim hamda mehnat migratsiyasi bo‘yicha suhbatlashdi.
Akmal Burxanov korrupsionerlar reyestrining ishga tushirilishi kechiktirilganiga izoh berdi
O‘zbekistonda korrupsiya uchun sudlangan 566 nafar shaxs davlat xizmatiga qayta qabul qilinib, yana shu jinoyatni sodir etgan. Antikorrupsiya agentligi rahbari 2021-yildan buyon muhokamada bo‘lgan korrupsionerlar reyestrini joriy etish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kiritish reja qilinganini bildirdi.
Iqtisodiyot
Apple iPhone 16, Watch 10 va AirPods 4 taqdimotini o‘tkazdi. Asosiy ma’lumotlar
Apple kompaniyasi yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Unda iPhone 16, AirPods 4 quloqchinlari va Watch Series markali aqlli soatlarining o‘ninchi avlodi namoyish etildi. Yangi qurilmalar haqida asosiy ma’lumotlar.
O‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkentdagi ijara narxlari oshdi
Avgust oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun 1,9 foizga, to‘liq ta’mirlanganlari uchun esa 0,3 foizga oshdi, deya xabar berdi MHTI. Narxlarning ko‘tarilishiga universitetlarda yangi o‘quv yili boshlanishi bo‘yicha kutilmalar asosiy sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda kichik quvvatli AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
“O‘zatom” huzuridagi AES qurilishi direksiyasi, “Rosatom” hamda “Atomstroyeksport” o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Bu qurilish maydonchasida tayyorgarlik ishlarining faollashuvi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish demakdir.
Rossiya Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shilishi mumkin
Rossiyaning “Tizim operatori” Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shiladi, dedi RF Energovazirligi rahbari. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu tashabbus nafaqat elektr energiyasi eksporti, balki davlatlar o‘rtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bog‘liq, deya tushuntirdi u.
Jamiyat
“Ahvol yaxshi emas”. Boysunliklar — gaz konidagi portlashdan keyingi vaziyat haqida
Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli quduqda 1-sentabr kuni avariya bo‘lib, atrofga oltingugurt gazi tarqalishi boshlangan edi. Ma’lum bo‘lishicha, gaz hidi anqishi hali to‘xtamagan va odamlar salomatligiga ta’sir qilyapti. Aholi vaziyat borasida rasmiy va aniq axborot berilishini so‘rayapti.
Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
10−13-sentabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +10…+15, kunduzi +27…+32 daraja atrofida bo‘ladi.
Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish ishlarini borib ko‘rdi
Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish loyihalarini borib ko‘rdi. Ko‘chada milliy ruhdagi zamonaviy uylar, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari quriladi. Favvoralar, yo‘lakchalar, sayilgoh bo‘ladi. Davlat rahbari ko‘chada ekologiya, sifat va madaniyat uyg‘unlashishi kerakligini ta’kidladi.
Toshkentda poyezd urib ketishi oqibatida 36 yoshli ayol vafot etdi
Toshkent shahrida poyezd 36 yoshli ayolni urib ketdi. U tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etdi.
Toshkentda 75 ming dollar evaziga ozodlikdan mahrum qilingan shaxsning jazosini yengillashtirib berishni aytgan advokat va yurist 14 yilga qamaldi
Toshkentda advokat va yurist jazo muddatini o‘tayotgan shaxsning ayblovidan bir moddani olib tashlash evaziga 75 ming AQSh dollari talab qildi. Ular pulni olish vaqtida ushlandi va 14 yilga qamaldi. Advokat avval sudya bo‘lib ishlagani, yurist esa muqaddam sudlangani ma’lum bo‘ldi.
Buxoroda o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlagan direktor jarimaga tortildi
Buxoroning Romitan tumanidagi 18-maktabda direktor o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet” uchun ovoz yig‘ishga majburlagani aniqlandi. Unga nisbatan BHMning 100 baravari miqdorida jarima qo‘llandi.
YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda
Senat ko‘rib chiqishi kutilayotgan qonun bilan YPX xodimlarining yo‘l harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda haydovchiga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati bekor qilinmoqda. Shuningdek, skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
O‘zbekistonda yuk mashinalarning chetki chap qatorda harakatlangani uchun jarima joriy etiladi
O‘zbekistonda yuk mashinalari haydovchilariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. O‘tgan 7 oyda yuk avtotransport vositalari bilan bog‘liq 303 ta YTHda 108 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 227 nafar fuqaro jarohat olgan.
Zangiotadagi bo‘yoq sexida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq ishlab chiqarish sexida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun 4 soatdan ortiq vaqt ketdi. Yong‘inda hech kim jarohat olmadi. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.
MMTV pedagogik ma’lumoti bo‘lmagan 10 nafar o‘qituvchiga maktabda ishlashga ruxsat berdi. Bu nega yomon emas?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Teach for Uzbekistan NNT bilan memorandum imzoladi. Bir necha oy davomida loyiha, jumladan, pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan, lekin o‘qitishga qobiliyatli mutaxassislarni maktablarda ko‘ngilli sifatida ishlash uchun tanlab oldi va o‘qitdi.
Sport
Foto: Toshkentda tantanali kutib olingan paralimpiyachilar
Parijdan qaytgan paralimpiyachilar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi va ularga sovg‘alar topshirildi. Jarayon qanday o‘tgani — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf obyektivida.
O‘zbekiston U-16 bokschilarining barchasi Osiyo chempionatida medal oldi
BAAda o‘tgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-16 jamoasidan 23 nafar sportchi qatnashib, ularning barchasi medallarga ega chiqdi: 14 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza. 14 yoshgacha bo‘lgan bokschilar esa 10 ta medalni qo‘lga kiritdi: yarmi kumush, qolgan yarmi bronza.
“Kimlargadir 13-raqam yoqmas, lekin O‘zbekistonga juda ham yoqyapti”. Bosh vazir Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlar haqida
Bosh vazir Abdulla Aripov Parijda tarixiy natijaga erishgan Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlarini tabriklab, ularning muvaffaqiyatida davlat rahbarining hissasini ta’kidladi. “Olimpiadada 13-o‘rin, Paralimpiadada 13-o‘rin! Balki kimlargadir 13-raqam yoqmas, lekin O‘zbekistonga juda ham yoqyapti”, — dedi u.
O‘zbekiston ilk bor sumo bo‘yicha jahon chempionatida medal oldi
Durdona Abdujabborova sumo bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydondagi ilk yutug‘i bo‘ldi. Turnirda 33 davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston mehmonda Qirg‘izistonni minimal hisobda mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2026 saralashi ikkinchi o‘yinida Qirg‘iziston mehmoni bo‘ldi. Og‘ir kechgan o‘yinda o‘zbekistonliklar ikki bor kambek amalga oshirdi va irodali g‘alabaga erishdi — 2:3 (video, foto, statistika).
Jahon
Madridda elektr samokatlar ijarasi taqiqlandi
Madrid hukumati elektr samokatlarni ijaraga beruvchi kompaniyalarning litsenziyalarini bekor qildi, endi shaharda bu transport ijarasi mavjud emas. Hokimlik qarorni xizmatlar piyodalar xavfsizligini ta’minlash shartlarini bajarmagani bilan izohladi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!