9-sentabr kuni Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi, deya xabar bermoqda O‘zbekistonning mamlakatdagi elchixonasi matbuot xizmati.

Faxriy konsulxona Trabzon viloyat hokimligi (vakillik) binosi qarshisida joylashgan. Shu paytgacha bunday vakolatxona mamlakatning Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida bo‘lgan.

“Yangi faxriy konsulxonamiz tegishli hududdagi fuqarolarimizning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish barobarida, Trabzon va mamlakatimiz viloyatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, faxriy konsullik — bu davlatlar o‘rtasidagi savdo, madaniy va diplomatik aloqalarni rivojlantirish maqsadida ochiladigan vakolatxona.