10−13-sentabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Havo harorati 10-sentabrda kechasi +8…+13, kunduzi +25…+30, 11−13-sentabrda kechalari +10…+15, kunduz kunlari +27…+32 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Respublikaning tog‘li hududlarida 10−13-sentabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Poytaxtda 9−13-sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-sentabrda +24…+26 daraja, 10-sentabrda kechasi +10…+12, kunduzi +27…+29, 11−13-sentabrda kechalari +12…+15, kunduz kunlari +29…+31 daraja bo‘ladi.