Toshkent shahrida 36 yoshli ayolni poyezd urib ketdi. Bu haqda Millar dasturida ma’lum qilindi.
Xabar qilinishicha, 23-avgust kuni soat 02:00 larda Salar-Nurhayot temiryo‘l bekatlari oralig‘ida 1988-yilda tug‘ilgan ayolni poyezd urib ketgan.
Voqea joyiga tez tibbiy yordam va ichki ishlar organlari xodimlari yetib borgan. Ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ayol shifoxonada jarrohlik amaliyotiga olingan. U bir necha kun davomida shifoxonada bo‘lgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.