9-sentabr kuni Parijdan qaytgan O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf ushbu marosimdan fotoreportaj tayyorladi.

Tadbirda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, bosh vazir Abdulla Aripov, Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev, uning birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Otabek Umarov, Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov va O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir ishtirok etdi. Shuningdek, jamoatchilik vakillari, sportchilarning yaqinlari va jurnalistlar ham qatnashdi.

Marosimda Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlaridan biri Xusniddin Norbekov bayroqni Abdulla Aripovga topshirdi. Hukumat rahbari esa uni Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayevga berdi.

Shundan so‘ng sportchilar va ularning oila a’zolari aeroportdan Milliy Paralimpiya qo‘mitasiga maxsus yo‘nalish — Bobur, Nukus, Oybek, Sharof Rashidov, Shahrisabz, Navoiy ko‘chalari bo‘ylab avtobuslarda yo‘l oldi. Qo‘mitada Senat raisi Tanzila Narbayeva va spiker Nuriddinjon Ismoilov ishtirokida Paralimpiada sovrindorlariga mukofotlar topshirildi. Kecha ularning qanday mukofotlar olgani haqida yozgandik.

Eslatib o‘tamiz, bu galgi Paralimpiada ham xuddi Olimpiada singari O‘zbekiston uchun tarixdagi eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi — respublika 168 davlat orasida 13-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik sportchilar 26 ta medalni qo‘lga kiritdi, shundan 10 tasi oltin, 9 tasi kumush va 7 tasi bronza.

Foto

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

Husniddin Ato olgan suratlar

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари

паралимпиада-2024, париж ўйинлари